Plagiarism Policy
“ORBITA” jurnali barcha maqolalarni antiplagiat tizimlari orqali tekshiradi. Ilmiy halollik — jurnalning asosiy tamoyilidir.
- Maqolaning originallik darajasi kamida 75% boʻlishi kerak (oʻzlashtirma 25% dan oshmasligi lozim).
- Toʻgʻri iqtibossiz oʻzga matnni oʻzlashtirish, maʼlumotlarni soxtalashtirish yoki oʻzini-oʻzi plagiat qilish (self-plagiarism) qatʼiyan man etiladi.
- Barcha manbalar matn ichida havola va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatida koʻrsatilishi shart.
- Plagiat aniqlansa, maqola koʻrib chiqilmasdan rad etiladi.
- Agar plagiat nashrdan keyin aniqlansa, maqola rasmiy ravishda qaytarib olinadi (retraction) va bu haqda tegishli tashkilotlar xabardor qilinishi mumkin.
